
Futbol ishqibozlari intizorlik bilan kutgan UYEFA Chempionlar ligasi yarim final bosqichining javob bahsi ertaga, 7 may kuni yarim tunda Milanda bo‘lib o‘tadi. "Barselona" jamoasi hal qiluvchi bahsda Italiyaning nomdor "Inter" klubiga qarshi maydonga tushadi.
Kataloniyaliklar ushbu muhim o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. Muhlislarning ko‘nglini ko‘targan yangilik shuki, asosiy hujumchi Robert Levandovski jarohatidan to‘liq tiklangan va ertangi uchrashuvda maydonga tushishi mumkinligi ma’lum qilindi.
Ammo, yosh va iqtidorli qanot himoyachisi Alexandro Balde esa jarohati sababli "Inter"ga qarshi o‘yingacha tiklanishga ulgurmadi va ushbu muhim bahsni o‘tkazib yuboradi.
E’tiborli jihatlardan yana biri, ushbu o‘yin uchun e’lon qilingan tarkibda yosh va umidli futbolchilarga ham o‘rin berilgani. Xususan, Lamin Yamal, Pau Viktor va Darvich kabi yosh yulduzlar "ko‘k-anorranglilar" safiga kiritildi.
"Barselona"ning kengaytirilgan tarkibi quyidagicha:
Darvozabonlar:
- Shesni (25)
- Astralaga (26)
- Inyaki Penya (13)
Himoyachilar:
- Kubarsi (2)
- Ronald Arauxo (4)
- Inigo Martines (5)
- Kristensen (15)
- Erik Garsiya (24)
- Ektor Fort (32)
Yarim himoyachilar:
- Gavi (6)
- Ferran Torres (7)
- Pedri (8)
- Ansu Fati (10)
- Rafinya (11)
- Fermin (16)
- Pau Viktor (18)
- Lamin Yamal (19)
- Dani Olmo (20)
- Frenki De Yong (21)
- Jerar Martin (35)
- Landri (44)
- Darvich (45)
Hujumchilar:
Robert Levandovski (9)
Jamoa bosh murabbiyi – Hansi Flik.

"Barselona" ushbu bahsda kuchli raqibni yengib, finalga yo‘l olishni maqsad qilgan. Bu maqsadga erishish uchun "ko‘k-anorranglilar" muxlislarining qo‘llab-quvvatlashiga ishonch bildirmoqda.