[lang_ru][/lang_ru]
[lang_uz]Bugun[/lang_uz][lang_ru]Сегодня[/lang_ru][lang_en]Today[/lang_en]
Tramp AQSH mudofaa budjetiga rekord miqdorda mablag‘ ajratishni taklif qilmoqda
+33°
ясно ветер 4.1 м/с, С

Tramp AQSH mudofaa budjetiga rekord miqdorda mablag‘ ajratishni taklif qilmoqda

Dunyo 0
Tramp AQSH mudofaa budjetiga rekord miqdorda mablag‘ ajratishni taklif qilmoqda
AQSH hukumati mudofaa va milliy xavfsizlik xarajatlarini rekord darajada oshirishni rejalashtirmoqda. Prezident Donald Tramp Kongressga taqdim etayotgan 2026 moliyaviy yili budjeti loyihasiga ko‘ra, mamlakat mudofaasi uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdori 1,01 trillion dollarni tashkil etadi. Bu joriy yilga qaraganda 13 foizga ko‘proqdir, deya xabar tarqatdi Bloomberg agentligi 2 may kuni Oq uyda tayyorlanayotgan budjet loyihasi bilan tanish bo‘lgan manbaga asoslanib.

Manbaning ta’kidlashicha, AQSH mudofaa xarajatlari o‘sishini 1980 yillarda prezident Ronald Reyganning «Yulduzlar urushi» dasturi va Yevropaga yadroviy raketalar joylashtirishi bilan solishtirish mumkin. Yangi budjet loyihasiga ko‘ra, Pentagonning o‘z budjet mablag‘i 961 milliard dollarni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich joriy yilga nisbatan 112,7 milliard dollarga ko‘p, sobiq prezident Jo Bayden ma’muriyatining 2026 yil uchun rejalashtirgan budjetidan esa 84,2 milliard dollarga ko‘pdir.

AQSH mudofaa budjeti tarixda ilk bor 1 trillion dollarlik chegarani oshib o‘tishi kutilmoqda. Bloomberg nashrining ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkich AQSH Kongressini hayratda qoldirishi mumkin. Trampning budjet rejasiga «Oltin gumbaz» nomli raketaga qarshi yangi mudofaa tizimini yaratish, yangi harbiy kemalar qurish, mamlakat yadroviy triadasini modernizatsiya qilish va harbiy xizmatchilarning maoshini 3,8 foizga oshirish kiritilgan.

Shu bilan birga, Tramp mahalliy fuqarolik loyihalari uchun ajratiladigan mablag‘larni joriy yildagi budjetga nisbatan 22,6 foizga yoki 163 milliard dollarga qisqartirishni taklif qilmoqda. Bu qisqartirishlar qayta tiklanuvchi energiya manbalari, atrof-muhit muhofazasi, irqiy tengsizlikni bartaraf etish dasturlari, shuningdek, Milliy fan jamg‘armasi, Ta’lim departamenti hamda Uy-joy va shaharsozlik departamenti doirasidagi ilmiy tadqiqotlarni to‘liq qisqartirish yoki umuman to‘xtatishni o‘z ichiga oladi.

Tramp ma’muriyatining mudofaa budjetiga ajratayotgan ushbu rekord mablag‘i mamlakat xavfsizligini yanada kuchaytirish bilan bir qatorda, ichki dasturlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etilmoqda.

[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Tramp hukumati Ukrainani nodir metallar bo‘yicha shartnoma imzolashga undayapti. Bu Xitoy bilan texnologik gegomonlik paygasida muvozanatni tiklash uchun radikal urunishlardan biridir. Reja
Dunyo 01:49, 27-03-2025
Ukraina Amerika qurollarisiz omon qoladimi?
Ukraina Amerika qurollarisiz omon qoladimi?
Foto: Getty Images AQSHning keng ko‘lamli urushning uch yili davomida Ukrainaga ko‘rsatib kelingan harbiy yordami to‘xtatilishi mumkin. Har holda, Amerika prezidenti Donald Tramp bu variantni
Dunyo 21:55, 2-03-2025
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari
Jamiyat 17:56, 7-03-2025
O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekiston milliy jamoasi hozirdanoq saralash o‘yinlarida ochko to‘plash bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etib turganiga qaramay, hal qiluvchi o‘yinlar endi o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha
Sport 18:45, 22-03-2025